Pokistonda tog‘ yo‘lida yo‘lovchi avtobusi ko‘chki ostida qolishi fojiali yakunlandi. Avtobus Ravalpindi shahridan Skarduga yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Voqea oqibatida avtobusdagi barcha odamlar – 16 kishi halok bo‘lgan.
Skardu okrugi komissari o‘rinbosari Anas Iqbolning ma'lum qilishicha, barcha yo‘lovchilar mahalliy aholi orasidan bo‘lgan. Ular uyga qaytayotgan bo‘lganlar.
Hozirda yo‘lni tozalash va harakatni tiklash ishlari olib borilmoqda.