19:44 / 19.10.2020
14085

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziriga mamlakatni tark etish taqiqlandi

Qayd etilishicha, biror ish bo‘yicha sudga qadar tekshiruv boshlanganida bunday taqiq "standart chora" hisoblanadi.

Foto: Akipress

Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyevga respublikadan chiqish taqiqlandi. Bu haqda Qirg‘izistonning davlat iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatidagi manbasiga tayanib TASS xabar bermoqda.

"Abilgaziyevga Qirg‘iziston Respublikasi hududidan chiqishga taqiq qo‘yildi", - degan agentlik manbasi.

Uning ma'lumot berishicha, biror ish bo‘yicha sudga qadar tekshiruv boshlanganida bunday taqiq "standart chora" hisoblanadi.

Abilgaziyev 2018 yildan 2020 yil iyungacha Qirg‘iziston hukumatiga rahbarlik qilgan.

Mavzuga oid
Top