20:08 / 19.10.2020
1767
Vetnamda ko‘chki oqibatida 22 harbiy bedarak yo‘qoldi

Vetnamning markaziy qismidagi tog‘li hududda joylashgan harbiy kazarmalar ko‘chki ostida qoldi. Buning oqibatida 22 harbiy katta hajmdagi tuproq ostida qolgan.

Foto: vietnam.vnanet.vn

Voqea Kuangchi provinsiyasidagi tog‘li hududda yuz bergan. Bu yerda kuchli yomg‘irlar oqibatida tuproq ko‘chgan. 

OAVda ma'lum qilinishicha, 14 kishining jasadi topilgan. Qolgan harbiylarni qidirish ishlari davom etmoqda.

Vetnamning tabiiy ofatlar oqibatlari bilan kurashish milliy muvofiqlashtirish qo‘mitasida ma'lum qilinishicha, mamlakatning markaziy qismida 6 oktyabrdan beri davom etayotgan kuchli yog‘ingarchilik va u olib kelgan toshqinlar hamda ko‘chkilar 60dan ko‘proq odamning hayotiga zomin bo‘lgan.  

Top