01:54 / 20.10.2020
16857
A Seriya. Shomurodovda debyut, «Jyenoa» safardan ochko bilan qaytdi
Foto: Getty Images

Italiya A Seriyasi 4-turi doirasidagi so‘nggi o‘yin «Verona» va «Jyenoa» o‘rtasida kechdi.

Quvonarlisi, ushbu o‘yinda genuyaliklar safida o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodov o‘z debyutini o‘tkazdi. U A Seriya tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘zbekistonlik ilk futbolchi bo‘ldi. 

Yangi jamoasi safidagi birinchi o‘yinda 63-daqiqagacha maydonda bo‘lgan Eldor o‘yinda ancha ishonchli harakat qildi.

Yakunda «Jyenoa» joriy yilgi chempionat doirasida safarda ilk ochkosini qo‘lga kiritdi - 0:0. 

Ushbu durangdan keyin «Jyenoa» 3 o‘yinda 4 ochko to‘plab, A Seriya turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Verona» 7 ochko bilan 7-o‘ringa chiqdi.

Italiya A Seriyasi. 4-tur.

Verona – Jyenoa 0:0
Verona – Silvestri, Chekkerini, Lovato, Alan Emperor (Dimarko, 67), Faraoni, Tamez (Salsedo, 81), Lazovich, Ilich, Ronaldu Viyeyra, Kolli (Dzakkani, 81), Favilli (Kalinich, 60).
Jyenoa – Perin, Chiborra, Masello, Bani (Goldaniga, 69), Gilone, Badel (Bexrami, 79), Rovella (Ebong, 79), Radovanovich, Sapata, Eldor Shomurodov (Skamakka, 63), Pandev (Parijini, 79).
Ogohlantirishlar: Badel (11), Pandev (42), Tamez (53), Gilone (54), Goldaniga (85).

Top