11:00 / 20.10.2020
4839
Maktabga tayyorlov kurslarining ahamiyati

Invento The Uzbek International School maktabida 5 yoshdan boshlab tayyorlov guruhi ochilishi munosabati bilan 1-sinfga borishdan oldin tayyorlov darslarining ahamiyatli jihatlariga e'tibor qaratilmoqda.

Tayyorlov kurslarining ahamiyati hamda bolalarni qay tarzda maktabga tayyorlash ma'qul?

Bugungi kunda bolalar maktabga borishdan oldin qator bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari odatiy hol. Ularning qay darajada o‘qish va yozish, tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi hamda vazifalarni mustaqil hal eta olishi darslarni kerakli darajada o‘zlashtirishlari bilan chambarchas bog‘liq.

INVENTO halqaro maktabi ota-onalar oldidagi ushbu muhim vazifani anglagan holda hamda bolalarning maktab sharoitlariga qisqa muddatda ko‘nikishlariga ko‘maklashish maqsadida 5 yoshdan boshlab tayyorlov guruhlariga qabul qilishni boshladi. Darslarda bolalar maktab dasturi fanlari asoslarini o‘rganish bilan bir qatorda xorijiy tillarni o‘zlashtiradilar hamda ijodiy va sport mashg‘ulotlari bilan band bo‘ladilar.

Tayyorlov kurslarini yakunlagan bolalar ta'lim jarayonini Xalqaro bakalavriat (IB PYP) dasturi bo‘yicha INVENTO The Uzbek International School maktabining birinchi sinfida davom ettirishlari mumkin.

Boshlang‘ich bilim olish imkoniyati

INVENTO tayyorlov guruhi darslarida ishtirok etish bolalarga maktab haqidagi ilk taassurotlarga ega bo‘lishga yordam beradi. IB PYP dasturi asosidagi ta'lim yordamida bolalarda e'tiborni jamlash, masalalarni hal etishga mustaqil va mas'uliyat bilan yondashish kabilar tarbiyalanadi. Bundan tashqari INVENTO maktabi tayyorlov guruhi bolalarga tengdoshlari va ularning birinchi ustozi bilan oldindan tanishish va dars muhitiga ko‘nikishga imkon beradi.

Yangi kun tartibiga moslashish va yangi odamlar bilan tanishish tajribasi

Tayyorlov guruhidan tanishish tengdosh o‘quvchilar hamda ustozlar, maktab darslari jarayoniga tezda ko‘nikishga yordam beradi. Shu bilan birga, tayyorlov guruhidagi kun tartibi darslar vaqtiga oson moslashish va o‘z vaqtini mustaqil rejalashtirish uchun foydali.

Xorijiy o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan interaktiv darslar bolalar uchun qiziqarli sarguzasht kabi ularda izlanish, yangi ma'lumotlarni o‘rganish hamda tabiatdagi qonuniyatlarni anglab yetishga yordam beradi.

O‘z navbatida tayyorlov darslari yo‘l harakati qoidalari xonasi hamda KIDZANIA maydonchasidagi turli ijtimoiy mashg‘ulotlar va o‘yinlar bilan ketma-ketlikda olib boriladi. Bolalarning sog‘lom rivojlanishlari uchun esa maxsus galoterapiya kurslari hamda sport mashg‘ulotlari dasturi ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, yangi bilimlarni a'lo darajada o‘zlashtirishlari uchun bolalar besh mahal mazali va foydali ovqatlanadilar.

Tayyorlov kurslari yakunida bo‘lajak maktab o‘quvchilari dars jarayonlari uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar hamda maktab ta'lim dasturini osonlik bilan o‘zlashtiradilar.

Invento The Uzbek International School xalqaro maktabida har lahza bilim olish imkoniyatini beradi.

Tayyorlov guruhiga ro‘yxatdan o‘tish yoki batafsil ma'lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling: +99871-210-99-99

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 4A uy, Tashkent City XIM

Sayt: invento.uz

Telegram: t.me/Inventouz

Instagram: @Inventouz

Facebook: fb.com/Inventouz

Reklama huquqi asosida

Top