14:35 / 20.10.2020
7748

Parkentda suv sisternasi yorilib ketdi, 8ta dala hovliga qisman zarar yetgan

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Toshkent viloyati Parkent tumanida suv sisternasi yorilib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa oqibatlari bartaraf etilayotganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 20 oktabr kuni, ertalab soat 04:30da Parkent tumani hududidagi hovlilardan birida sodir bo‘lgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu sisternada 2 ming kubometr suv bo‘lgan. Buning oqibatida holat yuz bergan joy yaqinida joylashgan 8ta dala hovliga qisman zarar yetgan. 

Xabarda aytilishicha, yuzaga kelgan vaziyatda jabrlangan va vafot etganlar aniqlanmagan. 

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyida xonadonlardan suv tortish ishlarini olib borayotgani bildirilgan.

Top