18:14 / 20.10.2020
1961
Qo‘polliklardan eng ko‘p jabr ko‘rgan futbolchilar aniqlandi. Eng ko‘p qoidabuzarlik Neymarga nisbatan ishlatilgan

Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlari orasida futbolchilar tomonidan eng ko‘p qoida buzilish holatlari «PSJ» hujumchisi Neymarga nisbatan ishlatishi ma'lum bo‘ldi. 

Foto: Getty Images

CIES Football Observatory’ning xabar berishicha, joriy mavsum boshidan buyon 28 yoshli braziliyalik hujumchiga o‘rtacha har 20 daqiqa-yu, 39 soniyada qo‘pollik ishlatilgan. 

Qo‘polliklardan eng ko‘p jabr ko‘rgan futbolchilarning top-10ligiga Fransiya chempionatining 5 nafar vakili, APLdan 4, La Ligadan esa 1 nafar futbolchi joy oldi. O‘nlikni «Liverpul» forvardi Sadio Mane yakunlab bergan.

2020/21 yilgi mavsumda qo‘polliklardan eng ko‘p jabr ko‘rgan futbolchilar o‘nligi:

1. Neymar («PSJ»)

2. Anjyelo Fyuljyeni («Anjyer»)

3. Yanxel Errera («Granada»)

4. Ignatius Ganago («Lans»)

5. Arno Norden («Sent-Eten»)

6. Mikail Antonio («Vest Hem»)

7. Ivan Neu («Sent-Eten»)

8. Risharlison («Everton»)

9. Greydi Diangana («Vest Bromvich»)

10. Sado Mane («Liverpul»).

Top