08:29 / 20.10.2020
11132
Sovuq yaqinlashyapti, uyimiz issiq bo‘lsin!

Ko‘p qavatli uylardagi barcha xonadonlarning balkoni sovuqligi uchun keraksiz maydondek yotadi yoki eski-tuskilar saqlanadigan joy qilib qo‘yiladi. Lekin to‘g‘ri yo‘l tutilsa, balkon ham foydali joyga aylanadi. Agar sizning xonadoningizda ham balkon bo‘lsa, uni, albatta, isitish zarur. Chunki u xonadonning issiqligi saqlanishiga juda axamiyatli.

Keskin kontinental iqlim hududidagi O‘zbekiston uchun balkon havoning sovuq kunlarida keraksiz joydek ko‘riladi. Aslida xam shunday, balkonning isitish tizimi bilan jixozlanmaganligi undan va qolaversa, tashqi devorlardan kirib keladigan sovuq xavo oqimining uy ichki temperaturasiga katta ta'sir etib energiya (isitish va elektr ta'minoti) xarajatlari oshishiga olib keladi. Buning yechimi oson va qulay. Buning uchun zamonaviy ECOVER brendi ostida ishlab chiqarilayotgan energiya (issiqlik) saqlovchi mahsulotlardan foydalanish ayni muddao.

Ushbu maxsulot 50 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo‘lib, uyning ichki haroratini saqlash uchun eng ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan. Mahsulotning qulay jihatlaridan yana biri rulon va plita shaklida ishlab chiqarilishi bo‘lib, bu binoning barcha konturlarini oraliq uzilishlarsiz qoplay olishida juda qo‘l keladi.

ECOVER mahsulotlari milliy va jahon sifat standartlariga muvofiq TS-25529339-01:2016 va ISO 9001-2015 sertifikatlangan.

Buyurtma bergan mijozlar qo‘shimcha bonus sifatida tashqi shovqindan saqlanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va bu ham gavjum shaharlarda zarur bo‘lgan qulayliklardan biridir.

Issiqlik saqlovchi ECOVER mahsulotlarining afzalliklari:

  • Yong‘inga bardoshliligi: mahsulot 700 ℃ haroratda ham yonmaydi va o‘zining tabiiy xususiyatini yo‘qotmaydi;
  • Nam tortmasligi: mahsulot suv tekkan taqdirda ham tez quriydi, namlikka chidamli;
  • Havo o‘tkazuvchanlik (paropronitsayemost): mahsulotlar havo o‘tkazuvchanligi hisobiga kondensat hosil qilmaydi.

Bundan tashqari, ECOVER brendi ostida ishlab chiqarilgan issiqlik saqlovchi materiallar mahsulotlarining noorganik to‘qimalari kemiruvchi va hashrotlarning ko‘payishiga olib kelmaydi.

Demak bino va inshootlar uzoq vaqt xizmat qilishi hamda shinam ichki muhitni saqlashi uchun mahsulotni to‘g‘ri tanlay bilish vaqti keldi!

Murojaat uchun telefonlar: 71 2076776

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:

Telegram: t.me/ecoverclimat

Sayt: www.ecover.uz

Reklama huquqi asosida

Top