08:04 / 20.10.2020
3953

Toshkentda Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi 8 noyabrgacha yopildi

Joriy yilning 20 oktabr kuni soat 00:00dan 8 noyabr kuniga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Uysozlar ko‘chasiga (“Panelniy” mavzesi) o‘tish va qaytish (yo‘lning har ikki qatnov qismi) yopiq bo‘ladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bu Farg‘ona yo‘li ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l ta'mirlash ishlarini tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.

Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

Mavzuga oid
Top