19:34 / 21.10.2020
2671
2020 yilda NATO davlatlari mudofaaga 1 trillion dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi

NATOga a'zo davlatlarning 2020 yilda mudofaa xarajatlari umumiy hisobda 1 trln 92 mlrd 500 mln dollarni tashkil qiladi. Ushbu summa 2019 yildagi umumiy xarajatlardan 61 mlrd dollar ko‘proqdir.    

Foto: EPA

NATOning mudofaa xarajatlari haqidagi statistik hisobotga ko‘ra, bu summadan AQSh xarajatlari 784,95 mlrd dollarni, Yevropa va Kanadaniki esa 307,53 mlrd dollarni tashkil qiladi.

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning aytishicha, alyansning Yevropadagi a'zolari va Kanada joriy yilda mudofaa xarajatlarini 4,3 foizga oshirgan.

“Bu Yevropadagi ittifoqdoshlar va Kanada tomonidan oltinchi yil xarajatlarning oshirilishidir. Biz bu tendensiya saqlanib qolishini kutib qolamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari uchrashuvidan oldin Stoltenberg.

NATO rahbarining aytishicha, ittifoqdoshlar “kuchlar va vositalarni” moliyalashtirishni yanada kuchaytiradi.

Top