07:49 / 21.10.2020
12219
Farg‘ona vodiysida Qirg‘izistondagi yer silkinishi kuchi sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 21 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:08da Qirg‘izistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi.

Yer silkinishi koordinatalari: 41,29 gradus shimoliy kenglik; 73,06 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km. 

Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 321 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

  • Namangan: 121 km, 3 ball;
  • Andijon: 82 km, 3 ball;
  • Farg‘ona: 147 km, 3 ball.
Top