02:19 / 21.10.2020
9132

YeChL. «MYu» Parijda g‘alabani ilib ketdi, «Barselona» va «Yuventus»da ishonchli g‘alaba, «Chelsi»da durang

Foto: Twitter/FCBarcelona

Yevropa Chempionlar Ligasida 4ta guruhda 1-tur o‘yinlari yakunlandi.

Ye guruhidagi o‘yinlarda durang qayd etildi. «Chelsi» o‘z maydonida «Sevilya» darvozasiga yo‘l topa olmadi. «Krasnodar» turnirdagi debyut o‘yinidayoq ochko oldi.

F guruxida «Latsio» Rimda «Borussiya» Dortmundni ishonchli tarzda mag‘lub etdi. «Zenit» o‘z uyida so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, «Bryugge»ga yutqazdi.

G guruhida «Barselona» «Ferensvarosh»ni tor-mor etdi. Kataloniyaliklar safida Messi, Fati, Koutino, Dembele va Pedri o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. «Yuventus» esa Kiyevda Morataning dubli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

N guruhida «Manchester Yunayted» safarda «PSJ» bilan bahsda 87-daqiqada Reshfordning goli evaziga g‘alabani ilib ketdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Anxelinoning dubli «Leypsig»ga Turkiya chempioni ustidan g‘alaba keltirdi.

YeChL, 1-tur, 20 oktabr

Ye guruhi

Chelsi – Sevilya 0:0

Chelsi – Mendi, Chiluell, Jyeyms, Tiago Silva, Zuma, Maunt (Ziyosh, 62), Pulishich (Hadson-Odoi, 90+1), Kante, Jorjino (Kovachich, 65), Havers, Verner (Abraham, 90+1). 

Sevilya – Bunu, Navas, Diyego Karlos, Serji Gomes (Jordan, 33), Akunya, Gudel, Rakitich (Vaskes, 80), Okampos, Fernando, Suso (O.Torres, 58), de Yong (En-Nesiri, 80).

Renn – Krasnodar 1:1
Gollar: Girassi (56, penalti) – Ramires (59).

F guruhi

Latsio – Borussiya D 3:1
Gollar:
Immobile (6), Hits (23, avtogol), Akpa Akpro (76) – Holand (71).

Latsio – Strakosha, Acherbi, Luis Felipe (Hudt, 51), Gabarron, Marushich, Leyva, Fares, Milinkovich-Savich (Akpa Akpro, 67), Luis Alberto (Parolo, 80), Korrea (Muriki, 67), Immobile (Kaysedo, 81). 

Borussiya D – Hits, Myone, Pishchek (Brandt, 65), Hummels, Gerreyru, Vitsel, Dileyni, Sancho, Bellinhem (Reyna, 46), Roys (Reyner, 78, Holand.

Zenit – Bryugge 1:2
Gollar: Xorvat (74, avtogol) – Dennis (63), de Katalare (90+3).

G guruhi

Dinamo Kiyev – Yuventus 0:2
Gollar:
Morata (46, 84).

Dinamo Kiyev – Bushan, Kendzera, Karavayev (Popov, 70), Zabarnyy, Mikolenko, Shaparenko, Sidorchuk, Tsigankov (Verbich, 71), Buyalskiy (Garmash, 89), de Pena (Rodrigesh, 60), Supryaga.

Yuventus – Shchensni, Kellini (Demiral, 19), Danilo, Bonuchchi, Kuadrado, Remzi (Bernardeski, 79), Bentankur (Artur, 79), Kulusevski (Dibala, 56), Rabo, Keza, Morata.

Barselona – Ferensvarosh 5:1
Gollar:
Messi (27, penalti), Fati (42), Koutino (52), Pedri (82), Dembele (89) – Haratin (70, penalti).

Barselona – Neto, Langle, Dest, Serji Roberto (Firpo, 62), Pike, Pyanich (Buskets, 76), de Yong, Fati (Pedri, 63), Koutino (Arauxo, 70), Trinkau (Dembele, 63), Messi. 

Ferensvarosh – Dibus, Botka (Lovrenchich, 77), Kovachevich, Blajich, Chivich (Xayster, 63), Izael, Haratin, Zubkov (Mak, 71), Shiger, Ngen (Boli, 71), Laiduni (Somalia, 63).

Chetlatish: Pike (68).

N guruhi 

PSJ – Manchester Yunayted 1:2
Gollar:
Marsyal (55, avtogol) – Fernandesh (23, penalti), Reshford (87).

PSJ – Navas, Kurzava (Bakker, 86), Florensi (Dagba, 78), Kimpembe, Diallo, Errera (Rafinya, 78), Danilu Pereyra, Guyye (Ken, 46), Di Mariya (Sarabiya, 86), Neymar, Mbappe. 

Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Tuanzebe, Shou, Telles (Pogba, 67), Brunu Fernandesh (van de Bek, 88), Fred, Maktomini, Uan-Bissaka, Reshford, Marsyal (Jyeyms, 88).

Leytspig – Istanbul 2:0
Gollar:
Anxelino (16, 20).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top