16:16 / 22.10.2020
8392

Aliyev Moskvaga borish uchun taklif olmaganini bildirdi

Avvalroq Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ ixtilofini hal qilish uchun Moskvaga muzokaralar o‘tkazish uchun kelishga tayyor ekanliklarini bildirishgandi.

Foto: TASS

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Moskvada Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashishi mumkinligini istisno qilmadi.

"Uchrashuv bo‘lishi mumkin, chunki bunday uchrashuvlar avval ham bo‘lgan. Agar uchrashuv o‘tkazilsa, bu kun tartibi mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Afsuski, Armanistonning hozirgi hukumati bilan nizoni tinchlik yo‘li orqali hal qilish istiqbollari juda uzoq", - dedi u Yaponiyaning Nikkei gazetasiga bergan intervyusida.

 Aliyev shu bilan birga, Moskvada Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilish uchun Putindan taklif olmaganini aytdi.

Avvalroq Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ ixtilofini hal qilish uchun Moskvaga muzokaralar o‘tkazish uchun kelishga tayyor ekanliklarini bildirishgandi.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top