08:32 / 22.10.2020
2925
Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 41 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 41 milliondan oshdi. Bunday ma'lumotlar Jon Hopkins universiteti tomonidan taqdim etildi.

So‘nggi sutkada yangi kasallanish holatlari deyarli 388 mingtani tashkil qildi. Bir kun avval esa rekord sonda kunlik kasallanish holati qayd etilgandi – 440 mingta. 

Kasallanish holatlari bo‘yicha AQSh (8,3 mlndan ko‘proq), Hindiston (7,6 mln), Braziliya (5,2 mln) va Rossiya (1,4 mln) yetakchilik qilmoqda. Koronavirus dunyoning 189 ta davlatida qayd etilgan.

Eng ko‘p o‘lim holatlari AQShda (221 mingdan ko‘proq), Braziliyada (154 ming), Hindistonda (115 ming) va Meksikada (86 ming) qayd etilgan. Dunyoda jami 1,1 mlndan ko‘proq kishi koronavirusdan vafot etgan.

Avvalroq JSST rasmiy statistikaga qaramay, sayyoramizning 10 foiz aholisi koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Kasallanish holatlari ko‘paygani ortida ba'zi davlatlar takroran cheklovlar kiritmoqda. Birinchi bo‘lib Isroil to‘liq karantinga qaytdi. Keyinroq Chexiya, Sloveniya, Rossiya, Italiya, Britaniya, Belgiya va Fransiyada ba'zi cheklovlar qayta joriy qilindi. 

Top