17:11 / 22.10.2020
7660
Jurnalist Ikrom O‘tbosarov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, 1991 yildan buyon «Xalq so‘zi» gazetasida faoliyat yuritib kelgan ijodkor Ikrom O‘tbosarov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Xalq so‘zi Online» xabar qildi.

Foto: «Xalq so‘zi Online»

Ikrom O‘tbosarov 1948 yil 27 martda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. U ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan.

Ikrom O‘tbosarov o‘z mehnat faoliyatini 1970 yilda «Lenin uchquni» (hozirgi «Tong yulduzi») gazetasida boshlagan. 1991 yildan buyon «Xalq so‘zi» gazetasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Jurnalist ko‘plab publitsistik maqolalar, ocherklar bilan birgalikda «Cho‘qqilarga eltuvchi yo‘llar» va «Vatanda safar qil...» kitoblari muallifi hamdir.

U O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist faxriy unvoni, «Shuhrat» medali, «Mustaqillikning 1 yilligi», «Mustaqillikning 25 yilligi», «Xalq ta'limi a'lochisi» ko‘krak nishonlari sohibi, «Yilning eng yaxshi jurnalisti» tanlovi g‘olibi, «Oltin qalam» xalqaro tanlovi sovrindori bo‘lgan.

Top