15:01 / 22.10.2020
10217

Lukashenko Rossiya va Belarusning dunyoda do‘stlari kamligini aytdi

Foto: RIA Novosti

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin bilan uchrashuvda «pandemiyadan shokka tushgan» dunyoda Rossiya va Belarusning do‘stlari kamligini aytgan.

«Bu g‘azablangan, ayniqsa, pandemiyadan aqldan ozgan dunyoda bizning do‘stlarimiz kam. Ochig‘ini aytganda, barchaning Rossiya va Belarusga siyosiy qiziqishi mavjud. Biz o‘ziga xos munosabat bildirishimiz kerak», degan Belarus rahbari Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Uning so‘zlari «Pul pervogo» Telegram-kanalida keltirilgan, ushbu telegram kanal birinchilardan bo‘lib davlat rahbarining faoliyati to‘g‘risidagi xabarlar va videolarni nashr etadi va keyinchalik bu xabarlar rasmiy manbalarda takrorlanadi.

Narishkin Minskka payshanba kuni ertalab keldi. U e'lon qilinmagan vizit bilan tashrif buyurgan.

Mavzuga oid
Top