16:47 / 22.10.2020
4962
Ronaldu «Barselona»ga qarshi o‘ynamaydi. Krishtianuning takroriy testi ham musbat natija berdi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi.

Marca nashrining xabar berishicha, portugaliyalik forvardning koronavirusga topshirgan takroriy testi ham musbat chiqqan. UYeFA bayonnomasiga ko‘ra, Ronaldu «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi uchun uchrashuvdan bir hafta avval topshirilgan test manfiy chiqishi lozim edi. 

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi ixtiyorida 13 oktabr kuni koronavirus yuqtirib olgani ma'lum bo‘lgandi. 

Ma'lumot uchun, «Yuventus» — «Barselona» uchrashuvi 28 oktabr kuni Turinda o‘tkaziladi.

Top