08:27 / 23.10.2020
3301
Alfraganus – poytaxt markazidagi diqqatga sazovor yangi maskan

Alfraganus yangi savdo-ko‘ngilochar mavzesi poytaxtning Mirobod tumani markazida biznes uchun maydonlarni tashkil qilish uchun o‘zgacha yechimlarni taklif etadi.

Bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazish, oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlarni xarid qilish, restoranda yakshanbadagi tushlik, toza havoda sayr, ish yuzasidan yoki norasmiy uchrashuvlar, umuman olganda doimo ijobiy his-tuyg‘ularni to‘lishni istaysizmi?

Unda, Alfraganus'ga xush kelibsiz! Mirobod tumanidagi yangi savdo mavzesi poytaxt aholisi hamda mehmonlari uchun hayajonli taassurotlar va yoqimli kashfiyotlar makoniga aylanadi. Maskanning do‘konlarga to‘la ko‘chalari va ochiq osmon ostidagi bunyod etilgan boshqa turdagi jamoat joylari ham biznes egalari, ham ularning mijozlari uchun cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi. Mazkur hududda, ya'ni 118.000 kvadrat metrga teng ulkan maydonda biznesni rivojlantirish va ommaviy dam olishni tashkil etish uchun keng ko‘lamli makon tashkil etiladi.

Loyihaning betakror me'morchiligi sharqona uslub bilan uyg‘unlashtirgan holda zamonaviy shahar hayoti muhitini birlashtirishga asoslangan. Savdo mavzesining hududi o‘zgacha fasad ko‘rinishi bilan 8 ta funksional zonaga bo‘linadi. Ularning har birida ko‘p formatli bir va ikki qavatli tijorat binolari bo‘lib, savdo joylariga ulkan vitrina yoki an'anaviy oyna o‘rnatilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Binolar maydoni 15 dan 1000 kvadrat metrgacha farqlanadi. Loyihaning markaziy tumanda joylashganligi, unga olib boradigan transportlarning serqatnovligi, kirish yo‘llarining qulayligi, yaqin hududda ko‘p qavatli uylarning zich joylashganligi mazkur makonga tashrif buyuruvchilar soni salmoqli bo‘lishini ta'minlaydi.

Alfraganus – yangi savdo va ko‘ngilochar markazining nostandart format va jozibador me'moriy ko‘rinishga ega ekanligi, uni poytaxtdagi diqqatga sazovor maskanga aylantiradi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: 71 210 44 44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Top