22:44 / 23.10.2020
22043

Arab xalqlari tomonidan fransuz tovarlari boykot qilinmoqda

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Islomni nishonga olgan so‘zlariga javoban ba'zi arab mamlakatlarida fransuz tovarlari boykot qilindi. Sotuvchilar fransuz tovarlarini Kuvaytdagi javonlardan olib tashlashgan.

Foto: A Haber

Fransiyada Prezident Emmanuel Makronning shu oyning boshida Islomni nishonga olgan bayonotlaridan so‘ng musulmon muassasalari va masjidlar yopila boshlangan.

Bosim kuchayganidan so‘ng, ba'zi arab mamlakatlarida fransuz mahsulotlarini boykot qilishga chaqiriqlar paydo bo‘lgan. Manbaning xabariga ko‘ra, musulmonlarga qarshi «keskinlik» ga javoban Fransiyadan kelgan mahsulotlarni sotib olmaslik va sotmaslikka da'vat qilinmoqda.

Kuvaytdagi ba'zi oziq-ovqat do‘konlari yuqoridagi da'vatlardan so‘ng o‘z javonlaridagi fransuz tovarlarini olib tashlashdi.

Top