16:11 / 23.10.2020
6533
Avtomobillar importi 349 mln dollardan oshdi

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 349,3 mln AQSh dollari qiymatidagi avtomobillar import qilingan.

Foto : KUN.UZ

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning 9 oyida mamlakatga 20 482 dona yengil avtomobil olib kirilgan.

Mamlakatdan 2020 yilning 9 oyida chet elga 108,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi 11 135 dona yengil avtomobil eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35,1 mln. AQSh dollariga, ya'ni 47,9 foizga oshgani aytiladi. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (8 985 dona) eksport qilingan.

Avvalroq, O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida 217 771 dona avtomobil ishlab chiqarilgani xabar berilgandi.

Top