12:46 / 23.10.2020
17780

Dam olish kunlari sovuq havo oqimi chekina boshlaydi - «O‘zgidromet»

Ertaga havo oqimi sharqqa tomon siljiydi. Yog‘ingarchilik ehtimoli faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlaridagina saqlanib turadi. Yakshanba kuni janubi-g‘arbiy oqimlar hisobiga sovuq havo O‘zbekiston hududidan chekinadi. Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi.

Kecha O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimi kirdi. Butun respublika hududi bo‘yicha bulutlilik ortdi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yomg‘ir, baland tog‘li hududlarda qor yog‘di. Toshkent va Namangan viloyati tog‘larida 2000 m.dan yuqori zonalarda qor qoplami hosil bo‘ldi. O‘tgan issiq davr bilan solishtirganda havo harorati 8-10 darajaga pasaydi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududi sovuq havo oqim ta'sirida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, tog‘li va tog‘oldi hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat 13-18 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga havo oqimi sharqqa tomon siljiydi. Yog‘ingarchilik ehtimoli faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlaridagina saqlanib turadi. Mamlakat hududi ustida bulutlilik saqlanib turishi hisobiga ertaga harorat o‘zgarmaydi.

Yakshanba kuni janubi-g‘arbiy oqimlar hisobiga sovuq havo O‘zbekiston hududidan chekinadi. Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi. Kechasi harorat 3-6 daraja, kunduzi 17-20 daraja iliq bo‘ladi, bunday harorat me'yoriy qiymatlardan biroz past.

Mavzuga oid
Top