09:47 / 23.10.2020
6486
Rossiya FXX Moskva viloyatida terrorchi deb taxmin qilingan shaxsni hibsga oldi
Foto: TASS

FSB Moskva viloyatida terakt tayyorlayotgan shaxsning hibsga olinish jarayoni videosini e'lon qilgan. Avvalroq xavfsizlik kuchlari 1999 yilda tug‘ilgan Markaziy Osiyolik shaxsni qo‘lga olgani bildirilgandi.

Xalqaro terrorchilar ko‘rsatmasiga binoan u hukumat binolaridan biriga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng u Yaqin Sharqqa jo‘nab ketishni niyat qilgan.

Terrorchining maxfiy zaxira joyidan qo‘lbola bomba yaratish uchun qismlar topilgan. Xavfsizlik xizmati xodimlari, shuningdek, jangarilar bilan yozishmalarni topgan. Unda terrorchilarga qasamyod qilingan video va portlovchi qurilmani yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud.

Yozda FSB direktori Aleksandr Bortnikov so‘nggi o‘n yil ichida Rossiyada 160 ga yaqin, 2019 yilda 43 ta, joriy yilda 20 dan ortiq teraktlarning oldi olinganini xabar bergan edi.

Top