18:57 / 23.10.2020
7986
Nukus shahar kengashi sessiyasida narx-navo oshishiga nimalar sabab bo‘layotganiga aniqlik kiritildi

Nukus dehqon bozorining 6ta joyida bir kilogramm go‘sht 45 ming so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari Nukus shahar kengashining navbatdagi XVI sessiyasida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Qallibek Xo‘janov ma'lum qilgan.

Statistika qo‘mitasiga ma'lumotlariga ko‘ra, 1 kg suyakli mol go‘shtining respublika bo‘yicha eng arzon narxi (45 000 so‘m) «Nukus dehqon bozori», «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan.

Sessiyada Qallibek Xo‘janov bozorlarda narx-navoning barqarorligini saqlash bo‘yicha ham ma'lumot bergan.

U hududda «daladan-iste'molchigacha» tamoyili asosida yetarli ishlar tashkil etilmagani, davriy ravishda yangilanib turadigan oziq-ovqat zaxirasini yaratishga e'tibor qaratilmagani bozorlarda narx-navo oshib ketishiga olib kelganini ta'kidlagan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida sut mahsulotlari 16 foizga, kartoshka 13,7 foizga, go‘sht mahsulotlari 11,4 foizga, yog‘-moy mahsulotlari 10,2 foizga, shakar, choy va ziravorlar 5,4 foizga qimmatlagan.

Top