11:54 / 23.10.2020
3896

Zelenskiy koronavirusga qarshi Ukraina vaksinasini o‘zida sinovdan o‘tkazishga tayyor

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi Ukraina vaksinasini o‘zida sinovdan o‘tkazishga tayyorligini aytgan.

Foto: ukrinform.ua

Avvalroq Ukraina prezidenti devoni matbuot xizmati Ukrainada koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarishni o‘rganishgacha bo‘lgan bosqichi natijalarini Zelenskiyga taqdim etilgani haqida xabar bergan edi. Vaksina ishlab chiqarishga da'vogar kompaniyalardan biri DiaPrep System Inc prezidenti Mixail Favorov Ukraina 9-12 oy ichida koronavirusga qarshi o‘z vaksinasiga ega bo‘lishiga umid bildirgan.

«Bu vaksina noyobdir, chunki u boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Men Vaksina ko‘rsatgan natijalardan mamnunman va uni o‘zimda sinab ko‘rishga tayyorman», – degan Zelenskiy Ukrainaning to‘rtta telekanaliga bergan intervyusida.

Top