17:17 / 24.10.2020
7035
AQShning Minskdagi elchixonasi amerikaliklarni Belarusni tark etishga chaqirdi

Avvalroq muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga ultimatum qo‘ygandi. Agarda ultimatum talablari bajarilmasa, mamlakatda ommaviy ish tashlashlar va namoyishlar o‘tkazilishi aytilgan.

Foto: AFP

AQShning Minskdagi elchixonasi amerikaliklarni Belarusda “xalq ultimatumi” natijasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ommaviy aksiyalardan uzoqroq turishga chaqirdi.

 Avvalroq Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya prezident Aleksandr Lukashenkoga ultimatum qo‘ygandi. Ultimatumga ko‘ra, Lukashenko 26 oktyabrgacha iste'foga chiqishi, siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarilishi lozim. Agarda bu talablar bajarilmasa, mamlakatda ommaviy ish tashlashlar va namoyishlar o‘tkazilishi aytilgan.

 Elchixona xabarida aytilishicha, ommaviy aksiyalar vaqtida xavfsizlik organlari va namoyishlar qatnashchilari kuch ishlatishga o‘tishlari mumkin.

Elchixona AQSh fuqarolariga oziq-ovqat, suv, dori-darmon, naqd pul va boshqa zarur buyumlarning uch kunlik zaxirasini yig‘ib qo‘yishni, shuningdek, Belarusni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni tavsiya qilmoqda. 

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top