17:45 / 24.10.2020
28887
Erdo‘g‘an Makronni Islom dini to‘g‘risidagi so‘zlari uchun keskin tanqid qildi

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, «musulmonlarga nisbatan bunday huquqbuzarlik Yevropa fashizmining yangi bosqichga o‘tayotganidan darak beradi».

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Emmanyuel Makron / Foto: Murad Sezer/Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron ruhiy davolanishga muhtojligini aytdi. U Makronning Islom dini to‘g‘risidagi so‘zlariga ana shu tarzda munosabat bildirdi.

"Makron ismli bu odamning Islom va musulmonlar bilan qanday muammosi bor? O‘z mamlakatidagi boshqa dinga e'tiqod qiladigan millionlab aholiga nisbatan nomaqbul munosabatda bo‘lgan davlat rahbariga nima deyish mumkin? Makronning ruhiy xastaligini davolash talab qilinadi”, – dedi Erdo‘g‘an.

 U shuningdek, Berlindagi masjidlarda tintuvlar o‘tkazilishi islomofobiyaning ko‘rinishi ekanligini aytdi.

“Islomga nisbatan bunday dushmanlarcha munosabat Turkiyaga ham dushmanlarcha munosabat ekanligini unutmasligimiz lozim", – dedi Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, "musulmonlarga nisbatan bunday huquqbuzarlik Yevropa fashizmining yangi bosqichga o‘tayotganidan darak beradi".

Makron 2 oktabr kuni Fransiya jamoatchiligini islom separatizmiga qarshi qat'iy kurashga chaqirgandi.

Top