11:21 / 24.10.2020
6106

Germaniya Afg‘onistondan NATO qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishga chaqirmoqda

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi qo‘shinlarini rejalashtirilganidan oldinroq olib chiqish niyati borligini ma'lum qilgandi. 

Foto: anews.az

Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer NATOni Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini muvofiq ravishda olib chiqishga chaqirgan.

«Bundesver Afg‘onistondagi majburiyatlariga sodiqdir. Men sheriklardan bu mamlakatni birgalikda tark etishlarini va bu boradagi qadamlarni muvofiqlashtirishlarini kutmoqdaman», – degan u 23 oktabr, juma kuni Twitter'dagi NATO hamkasblari bilan videokonferensiyada.

AQSh prezidenti Donald Tramp oktabr oyining boshlarida qolgan amerikalik askarlarni Afg‘onistondan muddatidan ancha oldinroq Rojdestvoga qadar olib chiqish niyatida ekanligini e'lon qilgan edi. Tolibon islomiy radikal harakati bilan tuzilgan kelishuv doirasida Qo‘shma Shtatlar 2021 yil mayigacha Afg‘onistondan o‘z askarlarini olib chiqishga va'da bergan. Buning evaziga Tolibon Qobulda hukumat bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga va'da bergan.

NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans mamlakatlari mudofaa vazirlarining maslahatlashuvlari yakunida NATO davlatlarining Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishni muvofiqlashtirish niyati borligini e'lon qilgan.

«Vaqti kelganda biz birgalikda ketamiz», — degan u va qo‘shinlarni olib chiqib ketish bir qator shartlarning bajarilishi bilan bog‘liq ekanligini ta'kidlagan. Stoltenberg NATO qo‘shinlarini olib chiqib ketish borasida ikkilanishga duch kelganini tan oldi, chunki Hindukushda erishilgan yutuqlar xavf ostida qolishi mumkin edi.

2014 yil dekabr oyida Afg‘onistondagi NATOning jangovar operatsiyalari to‘xtatilishi bilan ittifoq Hindukushda faqat «qat'iy qo‘llab-quvvatlash» o‘quv missiyasini olib bormoqda. Ayni paytda ushbu topshiriq doirasida Hindukushda 12 mingga yaqin askar joylashtirilgan, shulardan 1150 nafari Germaniya askari hisoblanadi.

Top