01:12 / 24.10.2020
6991
Gretsiya va Turkiya harbiy dengiz mashg‘ulotlarini bekor qildi
Foto: AFP

Gretsiya va Turkiya o‘zaro keskinlikni kamaytirish maqsadida kelasi hafta O‘rta yer dengizi sharqida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan harbiy mashg‘ulotlarini bekor qildi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi. 

“Men Gretsiya va Turkiya kelasi haftaga rejalashtirilgan harbiy mashg‘ulotlarini bekor qilishga qaror qilganini tasdiqlashim mumkin. Men bu qarorni ijobiy qarshilayman”, deb aytgan Stoltenberg.

NATO rahbari ikki davlatga namoyish qilgan yondashuvi uchun minnatdorlik bildirgan.

“Bu ko‘ngilsizliklar yuz berishi xavfini kamaytirishga yordam beradi va Germaniyaning ikki davlat o‘rtasidagi hududiy bahslarni hal qilish bo‘yicha amalga oshirayotgan sa'y-harakatlariga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Stoltenberg.

Avvalroq Turkiyaning Oruc Reis tadqiqot kemasi O‘rta yer dengizidagi bahsli hududlarda seysmik ishlarni boshlagandi. Keyinroq Gretsiya fregati turk kemasini bahsli hududlardan siqib chiqargan. Turk kemasi Gretsiya o‘zining kontinental shelfi deb hisoblovchi hududda tadqiqot ishlari olib borgan.

Top