14:54 / 24.10.2020
16554
Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi 

Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, podpolkovnik Anvar Rahimboyevich Ortiqov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Tayinlovga qadar Anvar Ortiqov Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.

Avvalroq Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘zgargani xabar qilingandi. 

Top