17:37 / 24.10.2020
24017
Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

IIVning tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati IIBB mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari hamda hududiy ichki ishlar bo‘limiga rahbar tayinlandi.

Hotam Qodirov

Viloyat IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Hotam Qodirov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili - markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar H. Qodirov Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining ikkinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili - markaz boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Nizom Xubbimov

Polkovnik Nizom Xubbimov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining ikkinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili - markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar N. Xubbimov Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining uchinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili - markaz boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Otabek G‘anibekov

Polkovnik Otabek G‘anibekov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining uchinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili - markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O. G‘anibekov Bo‘ka tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Jahongir Hidoyatov

Podpolkovnik Jahongir Hidoyatov Bo‘ka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar J. Hidoyatov Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Avvalroq, Anvar Parpiyev Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i etib tayinlangandi

Top