08:49 / 25.10.2020
4566

SpaceX navbatdagi sun'iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga uchirdi

AQShning SpaceX kompaniyasi Starlink internet loyihasi doirasida 24 oktyabrda Falcon 9 raketasida navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi. Bu urinish kompaniyaning loyiha doirasida sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga 15-chiqarishi bo‘ldi.

Raketa Floridadagi kosmodromdan Toshkent vaqti bilan soat 20:31da start olgan. Bir soatdan keyin barcha sun'iy yo‘ldoshlar bir vaqtda orbitaga chiqarilgan. 

Kompaniya loyiha doirasida sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga 2019 yil may oyidan chiqarishni boshlagan. Hammasi bo‘lib 12 mingta sun'iy yo‘ldoshni chiqarishga ruxsat olingan. 

Ushbu urinishdan keyin kompaniyaning orbitaga chiqargan sun'iy yo‘ldoshlari soni 893taga yetdi, biroq ulardan 49tasi orbitadan chiqarilgan. Kompaniya joriy yil oxirigacha tizimni Kanada va AQShning shimoliy hududlari uchun ishga tushirishni rejalashtirmoqda. 

Sentabr boshida SpaceX tizimni sinovdan o‘tkazgan. Kompaniyada ma'lum qilinishicha, sun'iy yo‘ldoshlar axborotning 100 Mbit/soniyadan yuqoriroq tezlik bilan yuklanishini ta'minlagan. 

Mavzuga oid
Top