Aralash jang san'ati bo‘yicha «Mudofaa vaziri kubogi» musobaqasi yakunlandi
Joriy yilning 23-25 oktabr kunlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi klubida aralash jang san'atlari bo‘yicha professionallar o‘rtasida ilk bor «Mudofaa vaziri kubogi» musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning birinchi va ikkinchi kunlari saralash va yarim final bosqichi doirasidagi janglar tashkillashtirildi. Respublikaning turli viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan yuzdan ortiq sportchi ishtirokidagi murosasiz bahslar natijalariga ko‘ra, to‘qqizta vazn toifasida finalchilar nomi aniqlandi.
Yakshanba kuni musobaqaning tantanali ochilish va final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov, Markaziy Osiyo aralash jang san'ati konfederatsiyasi rahbari Otabek Umarov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, taniqli sportchilar va faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.
Mudofaa vaziri kubok bahslarini ochiq deb e'lon qildi. Qiziqarli kechgan janglar yakunida «Mudofaa vaziri kubogi» g‘olib va sovrindorlari nomi aniqlandi. O‘tkazilgan to‘qqizta bellashuv natijasiga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Mudofaa vazirligi jamoasi egalladi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga medallar, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi, deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.
Mavzuga oid
22:17 / 25.12.2024
Finlandiya bir haftada 280 ming harbiyni safarbar etishga tayyor
12:10 / 25.12.2024
Sobiq isyonchi guruhlar Suriya Mudofaa vazirligini nazorat qilmoqchi
14:30 / 20.12.2024
O‘zbekistonning mudofaa va xavfsizlik sohasida kosmik suratlarga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda
21:12 / 12.12.2024