10:11 / 26.10.2020
22891

Bayden Rossiyani AQSh uchun asosiy tahdid deb atadi

Xalqaro maydonda Rossiya AQSh xavfsizligiga eng katta tahdid solmoqda, deydi demokrat. Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jozef Baydenning aytishicha, Rossiya AQSh uchun asosiy tahdiddir. Demokrat bu haqda 25 oktabr, yakshanba kuni CBS telekanalidagi intervyusida ma'lum qilgan.

Foto: Getty Images

“Menimcha, hozirgi paytda Rossiya bizning xavfsizligimiz va ittifoqlarimizga putur yetkazish nuqtai nazaridan eng katta tahdid hisoblanadi. Ikkinchidan, men Xitoyni eng katta raqibimiz deb bilaman”, – degan davlat rahbari lavozimiga nomzodlik qilayotgan Bayden.

“Qarang, Rossiya nima qilmoqda – u barcha diktatorlarga yaqinlashib, do‘stlarimizning ishlariga xalal berdi. NATO’dagi do‘stlarimiz bizdan yuz o‘girishmoqda, chunki ular bizga ishonmay qo‘yishdi”, – deydi Bayden.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat departamenti Rossiya dezinformatsiya va tashviqot bo‘yicha yetakchi o‘rinda turishini aytgan edi. Departament Rossiya Federatsiyasining ushbu sohadagi usullarini fosh etish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Shu bilan birga, Oq uy Moskvani eng kuchli raqib deb hisoblashdan bosh tortmoqda. Ularning fikricha, Xitoy hokimiyatining xatti-harakatlari “tobora ko‘proq jangari” tus olmoqda.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top