11:59 / 26.10.2020
4451
«Olislarda dard bilan qolib ketmay» – Hindistonda og‘ir operatsiya o‘tkazgan yurtdoshimiz yordamga muhtoj

Jigar kasalliklari kechishi, asoratlari va bemorga yetkazgan aziyati jihatdan eng og‘ir dardlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, jigar sirrozi juda ko‘pchilikni qiynaydi va hayotga nuqta qo‘yuvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda keng qo‘llanilayotgan jigarni ko‘chirish operatsiyalari og‘ir bemorlar uchun asosiy najot bo‘lib qoldi. Ammo bu amaliyot bizda keng qo‘llanilmayapti, xorijda esa qimmat va uzoq davom etishi bilan ko‘pchilikni qiynab qo‘yadi.

– 34 yoshdaman, farzandlarim bor va birinchi navbatda ular uchun yashashni istayman. Bu og‘ir kasallikni yenga olishimga ishonaman, faqat bu og‘ir bo‘layapti, – deydi biz bilan suhbatda jizzaxlik Iqbol Begmatova.

– Tsirroz tashxisi qo‘yilganidan keyin uzoq davolandim, oxir-oqibat yagona yo‘li transplantatsiya ekanligi ma'lum bo‘ldi. Topgan-tutganimizni sotib, xalqimiz ko‘magi bilan zarur mablag‘ni to‘pladik. Ammo bu paytga kelib karantin boshlanib qoldi, parvozlar to‘xtadi. Mening ahvolim og‘irlashib ketdi.

Birinchi imkoniyatdayoq Dubay orqali Hindistonga uchib keldik. Uzoq safarda o‘zimni juda yo‘qotib qo‘ydim, hushsiz bo‘lib qoldim va darhol reanimatsiyaga olindim. Uzoq vaqt davolanishdan keyingina operatsiya qilishdi. Bu jarayonga pulimizning anchasini ishlatib qo‘ydik. Endi klinikadan qarzimiz bor, onam esa mehmonxonadan qarz bo‘lib qolgan. Bunday ahvolda davolanishni tugata olmaymiz, onamni ham shu kunda mehmonxonadan chiqarib yuborishadi.

Bu olis yurtda suyanadigan odamning o‘zi yo‘q, begona joylarda qolib ketmaylik, iltimos qilib so‘rayman, bizga yordam bering, – yig‘lab so‘radi Iqbol.

Iqbol Begmatovaga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 1204 6292 2728 (Hamkorbank, Mohinaxon Hamidova nomida)

Humo:9860 1701 0203 4312 (Iqbol Begmatova nomida)

Viza: 4231 2000 0074 9183 (Mohinaxon Hamidova nomida)

Sberbank: 5469 7500 1463 6438 (Inom Yusupov nomida)

Telefon raqami: +998946361722 (telegram)

Hindistondagi raqam: +919711297488 (Vatsap)

O‘zbegim biror vakilini ko‘maksiz qo‘ymaydi. Olisdagi yurtdoshlarimizga qilingan xayriyalar ham bundan dalolat. Ishonamizki, Iqbol singlimiz ham noumid bo‘lmaydi.

Abror Zohidov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top