12:07 / 26.10.2020
18930
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 27 oktabr kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,88 so‘mga tushgan va bir dollar 10359,88 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 132,15 so‘mga oshib, 12285,78 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 2,92 so‘mga ko‘tarilgan va 1 rubl 136,11 so‘mni tashkil etgan.

Qayd etish kerakki, dollar kursi so‘nggi bir necha oy ichida ilk marta pasayishi kuzatilmoqda.

Dollar kursi so‘nggi parta 27 iyulda pasayib, 10 207,69 so‘mni tashkil qilgandi.

Top