08:21 / 26.10.2020
35285

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 26 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:10da Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘ldi.

Yer silkinishi koordinatalari: 39,49 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 km. 

Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 292 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent: 292 km, 2 ball.
  • Namangan: 168 km, 3 ball.
  • Andijon: 152 km, 3 ball.
  • Farg‘ona: 99 km, 4 ball.
  • Guliston: 276 km, 2 ball.
  • Jizzax: 341 km, 2 ball.
  • Samarqand: 411 km, 2 ball.
Mavzuga oid
Top