21:08 / 26.10.2020
5174

Samsung o‘ta yuqori ko‘rsatish qobiliyatiga ega displey ishlab chiqdi

Samsung kompaniyasi Stenford universiteti olimlari bilan birgalikda o‘ta yuqori ko‘rsatish qobiliyatiga ega displey ixtiro qildi. Displey organik yorug‘lik diodlari texnologiyasiga asoslangan.  

Foto: Samsung Advanced Institute of Technology

Olingan OLED-panel bir dyuymga 10 ming piksel zichlikka ega. Bunday zichlik ekrani ko‘zlarga juda yaqin masofada turuvchi gadjetlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki, zamonaviy smartfonlar ekranining zichligi bir dyuymga 400-500 pikselni tashkil qiladi.

Shartli ravishda newOLED deb nomlanayotgan ishlanma organik yorug‘lik diodlari texnologiyasiga asoslangan. Olimlar yangi turdagi displeyni olishda quyosh panellarini qurish texnologiyasiga tayanishgan.

Displeyni ishlab chiqishda undagi qatlamlar orasida yorug‘likni akslantirish uchun biri kumushdan, ikkinchisi metall nanoteksturaga ega maxsus plyonkalar qo‘llangan. Natijada muayyan ranglar piksellar orqali kuchayadigan effekt hosil bo‘ladi. Shu tariqa panelning akslantiruvchi xossalari o‘zgaradi va piksellar zichligi oshadi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ushbu ekranlarni VR-garnituralar va shunga o‘xshash aksessuarlarda qo‘llash mumkin.

Mavzuga oid
Top