19:05 / 26.10.2020
2339
Windows 10X qachon chiqishi ma'lum qilindi

Windows 10X operatsion tizimining yakuniy beta-versiyasi 2020 yil oxirigacha paydo bo‘ladi.

Foto: Mike Segar / Reuters

Microsoft kompaniyasining ikkita ekranli qurilmalarga mo‘ljallangan operatsion tizimi 2021 yil bahorda chiqadi. Bu haqda jurnalist va insayder Zak Bouden o‘z Twitter sahifasida ma'lum qildi.

 Boudenning yozishicha, Windows 10X operatsion tizimining yakuniy beta-versiyasi 2020 yil oxirigacha paydo bo‘ladi. Uning aniqlik kiritishicha, tizimning to‘laqonli taqdimoti 2021 yil bahorda bo‘lib o‘tadi.

 Softpedia nashri jurnalistlari esa Microsoft kompaniyasi Windows 10X’ni bir ekranli qurilmalar uchun chiqarishni ustuvor vazifa deb belgilagani to‘g‘risida eslatishmoqda. Ularning ma'lumotiga ko‘ra, bir nechta ekranli kompyuterlar uchun mo‘ljallangan operatsion tizim 2022 yilgacha chiqarilmaydi.

 Yozda kompaniyaning ikkita displeyli qurilmalarga mo‘ljallangan operatsion tizimi ustidagi ishlar to‘xtab qolgani ma'lum bo‘lgandi. Bunga tizimdagi nuqsonlar va koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan.

Top