22:04 / 26.10.2020
4957

Yevropaning eng yirik texnologik kompaniyasi bir kunda 30 milliard yevro yo‘qotdi

SAP’ning bozor narxi 147 milliard yevrodan 118 milliard yevrogacha tushdi. Bu kompaniya uchun 2008 yilgi inqirozdan buyon eng yomon savdo ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Foto: Globallookpress.com

Dasturiy ta'minot ishlab chiqish bo‘yicha Yevropaning eng yirik kompaniyasi SAP uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha salbiy hisobotni e'lon qilganidan so‘ng bir kunda qariyb 30 milliard yevro yo‘qotdi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.

 Germaniya texnologik kompaniyasi aksiyalarining qiymati 26 oktabr kuni 20 foizdan ortiqroqqa tushib ketdi va narxi 100 dollardan pasaydi. SAP’ning bozor narxi 147 milliard yevrodan 118 milliard yevrogacha tushdi. Bu kompaniya uchun 2008 yilgi inqirozdan buyon eng yomon savdo ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Kompaniyaning bildirishicha, koronavirus sababli korporativ mijozlar uning dasturiy ta'minotini sotib olishga kam pul sarflayapti. SAP joriy yil uchun daromad prognozini pasaytirdi.

Kompaniya pandemiyadan so‘ng biznes tiklanishi uchun kutilganidan ko‘ra ko‘proq vaqt ketishini tan olgan.

Mavzuga oid
Top