01:21 / 28.10.2020
8781
Bartomeu iste'foga chiqdi
Foto: Reuters

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu lavozimini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

2014 yildan beri Kataloniya klubi prezidenti sifatida ishlab kelgan Bartomeu o‘zining direktorlar kengashi bilan iste'foga chiqdi. 

Tegishli qaror «Barsa» rahbarlarining 27 oktyabrdagi  uchrashuvidan so‘ng qabul qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, 26 oktabr kungi matbuot anjumanida Bartomeu iste'foga chiqmasligini aytgandi.

Bartomeu iste'fodan so‘ng nega avvalroq ishdan bo‘shamagani sabablarini aytib o‘tdi.

«O‘zim va direktorlar kengashining iste'fosini qabul qilaman. Bu – umumiy yechim.

Chempionlar Ligasida «Bavariya»ga (2:8) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng eng oson qaror iste'foga chiqish bo‘lardi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng darhol klubning barqaror kelajagini kafolatlaydigan qarorlar qabul qilinishi kerak edi. Buni pandemiya davrida qilish kerak edi va biz klubni mahorati kam menejyerlar qo‘liga topshira olmadik.

Murabbiyni kim taklif qiladi? Futbolchilar bilan kim shartnoma imzolaydi? Messining qolishini kim ta'minlagan bo‘lardi. Maoshlarni kim optimallashtiradi? Bular direktorlar kengashining vazifalari edi. 

Keyingi saylov sanasini belgilab qo‘ydik. Avvalroq iste'foga chiqqanimizda, jamoa inqirozga uchrashi mumkin edi. Saylovlar mart oyiga belgilanganini hisobga olib, bizda iste'foga chiqishga asos yo‘q edi. Bosim tufayli qochishni istamadik».

Top