00:12 / 28.10.2020
5943
Dunyoning eng boy odamlari bir kun ichida 14,4 milliard dollar yo‘qotdi
Foto: AP/Reuters/Getty Images

Dunyoning eng badavlat odamlari o‘ntaligiga kiruvchi milliarderlar bir kun ichida umumiy hisobda 14,4 mlrd dollar yo‘qotdi. Yetakchi o‘nlikdan faqat 2 milliardergina o‘z kapitalini ko‘paytira olgan.  

Bloomberg Billionaires Index reytingiga ko‘ra, 26 oktyabrdagi birja savdolari natijalariga ko‘ra, Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask bir kun ichida 2,88 mlrd dollarga, dunyoning eng boy odami, Amazon asoschisi Jyeff Bezos esa 263 mln dollarga boyigan.

Yetakchi o‘nlikdan Bill Geyts 2,02 mlrd dollar, Bernar Arno 1,67 mlrd dollar, Uorren Baffet 1,65 mlrd dollar, Mukesh Ambani 3,29 mlrd dollar, Stiv Balmer 2,07 mlrd dollar, Larri Peyj 2,03 mlrd dollar va Sergey Brin 1,96 mlrd dollar yo‘qotgan.   

Bu orada Forbes nashrining ma'lum qilishicha, dunyoning 10 nafar eng boy odamining umumiy boyligi 17 mlrd dollardan ko‘proqqa qisqargan. Yetakchi o‘nlikdan joy olgan birgina milliarder - Jyeff Bezosning kapitali kamaymagan. 

Milliarderlar kapitalining qisqarishi AQSh fond birjalaridagi pasayish bilan bog‘langan.  Jumladan, Dow Jones indeksi qiymati 2,3 foizga, S&P 500 indeksiniki 1,9 foizga, Nasdaq indeksiniki 1,6 foizga qisqargan.

Top