13:03 / 28.10.2020
5500

EPSILON (EDC): Talimarjon-9 va Alouddin-4 quduqlari berayotgan kunlik gaz hajmi oshirildi

Zamonaviy uskuna va texnologiyalarni amalga joriy etgan holda uglevodorodlarni ko‘proq qazib chiqarish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Bugun, 28 oktabr kuni mukammal ta'mirlash hamda GRP ishlaridan so‘ng Talimarjon-9 qudug‘idan olinayotgan kunlik gaz hajmi 60 ming kub.m gacha ko‘paydi.

Shuningdek, Alouddin-4 yangi qudug‘ini o‘zlashtirish jarayonida o‘tkazilgan GRP amaliyoti yakunlangach, kunlik hajmi 30 ming kub.m bo‘lgan gazning sanoat darajasidagi barqaror oqimi olindi.

Bugunning o‘zidayoq ikkala quduq olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun asosiy gaz quvurlariga ulanadi. Barcha ishlar belgilangan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalariga mos tarzda bajarilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Top