15:18 / 28.10.2020
1559
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi belgilanmoqda

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Majlisda deputatlar tomonidan ta'kidlanganidek, genom axboroti ma'lumotlar bazasi yordamida jinoyatlarni ochish mexanizmining joriy etilishi fosh etish murakkab, o‘ta og‘ir bo‘lgan yoki muqaddam ochilmagan jinoyatlarni ochishga ko‘maklashadi, shuningdek, genom axborotining yagona ma'lumotlar bazasi yaratilishi bedarak yo‘qolgan shaxslarni topish imkonini ham beradi.

Parlament saytida yozilishicha, quyi palataning avvalgi majlisida ikkinchi o‘qishda moddama-modda muhokama qilingan qonun loyihasining ayrim moddalari, xususan, qonun qabul qilinganidan so‘ng uning kuchga kirishi muddati, biologik qarindoshlar va genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tushunchalari deputatlarning asosli savollariga sabab bo‘lgan edi.

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan siyosiy partiyalar fraksiyalari a'zolari bildirgan takliflar asosida qonun loyihasi maromiga yetkazildi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan bo‘ldi.

Top