16:56 / 28.10.2020
5339
Hitrou tarixda ilk bor Yevropaning eng yirik aeroporti maqomini yo‘qotdi

 Hitrou yanvar-sentabr oylarida 18,97 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, Parij aeroportida bu ko‘rsatkich 19,27 mln nafarni tashkil etgan.

Foto: Reuters

Londonning Hitrou aeroporti tarixda birinchi marta Yevropaning eng yirik aeroporti maqomini yo‘qotdi.

Uni Parijdagi Sharl de Goll aeroporti ortda qoldirdi.

Hitrou yanvar-sentabr oylarida 18,97 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, Parij aeroportida bu ko‘rsatkich 19,27 mln nafarni tashkil etgan.

 Uchinchi o‘rinda Amsterdamning Shiphol aeroporti turibdi (17,6 mln nafar yo‘lovchi), keyingi o‘ringa esa Frankfurt aeroporti joylashgan (16,16 mln).

 Yo‘lovchi oqimining pastligi sababli Hitrou yil boshidan buyon 1,5 mlrd funt sterling zarar ko‘rgan, deb yozadi The Guardian.

 Hitrou rahbariyati yo‘lovchilarni koronavirusga testdan o‘tkazish rejimini joriy etishda "sust harakat" qilayotgani uchun hukumatni keskin tanqid qilgandi. Qayd etilishicha, shu sababli uning boshqa aeroportlarga nisbatan raqobatbardoshligi yomonlashmoqda.

Top