20:45 / 29.10.2020
16219
Eldor Shomurodov jarohat oldi

Italiya Kubogi uchinchi bosqichi doirasidagi «Jyenoa» - «Katanzaro» (2:1) uchrashuvida Eldor Shomurodovning qaydnomadan o‘rin olmagani sababi ma'lum bo‘ldi.

Foto: Getty Images

«TuttoSport»ning yozishicha, «Jyenoa» klubining o‘zbekistonlik 25 yoshli hujumchisi yengil jarohati sababli genuyaliklar safida kubok bahsida maydonga tushmagan. Qayd etilishicha, Shomurodov Italiya A Seriyasi 6-turi doirasidagi «Genuya derbisi» - «Jyenoa»ning «Sampdoriya»ga qarshi uchrashuvini ham o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, jamoa yarimhimoyachisi Davide Dzappakosta ham jarohati tufayli 1 noyabr, yakshanba kungi bahsda «Jyenoa»ga yordam bera olmaydi.

«Buoncalcioatutti» nashrining yozishicha, Shomurodov tiklanish jarayonida ham bo‘sh vaqtini zoye ketkizmayapti. Italiyaga kelganiga hali bir oy bo‘lmagan Eldor o‘qituvchi yollab, italyan tilini o‘rganishni boshlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov A Seriya so‘nggi turi doirasidagi «Jyenoa» - «Inter» (0:2) bahsida zaxiradan maydonga tushib, 25 daqiqa harakat qilgandi.

Top