19:25 / 29.10.2020
27421
Putin Armaniston egallab turgan yettita rayon Ozarboyjonga berilishi mumkinligini aytdi

 Putinning so‘zlariga ko‘ra, nizoni bartaraf etish uchun «har ikki tomon – ozarboyjon va arman xalqlarini qoniqtiradigan manfaatlar muvozanatini topish lozim».

Foto: Kommersant'

Rossiya boshidanoq Armaniston egallab turgan yettita rayon Ozarboyjonga berilishi imkoniyati to‘g‘risida aytgan, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

«Biz boshidanoq Ozarboyjonga beshta va yana ikkita rayonni Qorabog‘ hududida ma'lum bir rejimni ta'minlash bilan berish imkoniyatidan kelib chiqqanligimizni aytish kerak», – dedi u.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, nizoni bartaraf etish uchun «har ikki tomon – ozarboyjon va arman xalqlarini qoniqtiradigan manfaatlar muvozanatini topish lozim».

Tog‘li Qorabog‘ hududida 27 sentyabrdan buyon janglar davom etmoqda. Rossiya va AQSh vositachiligida bir necha marta gumanitar sulh e'lon qilinishiga qaramasdan, Armaniston va Ozarboyjon o‘zaro hujumlarni to‘xtatmayapti.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning ta'kidlashicha, «ozarboyjonliklar o‘zlari yashagan va bosib olingan barcha hududlarga qaytishlari kerak».

Mavzu
Ozarboyjon-Armaniston mojarosi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Top