21:46 / 30.10.2020
5551
Eng xaridorgir 5G-smartfonlar nomi ma'lum qilindi

Eng yuqori uchtalikni Samsung smartfonlari band etdi.

Foto: Stephen Lam / Reuters

Samsung smartfonlari 5G-qurilmalari bozorida eng xaridorgir smartfon bo‘ldi. Bu haqda Strategy Analytics agentligi ma'lum qildi

2020 yilning birinchi choragi ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung Galaxy S20+ 5G eng ommabop smartfon bo‘lgan. 5G-smartfonlari bozorida uning ulushi to‘qqiz foizni tashkil etgan. Qayd etilishicha, ushbu smartfonga G‘arbiy Yevropa, Janubiy Koreya va Shimoliy Amerika bozorlarida talab katta bo‘lgan.

Ikkinchi o‘ringa sakkiz foiz ulush bilan Samsung Galaxy S20 Ultra 5G, uchinchi o‘ringa esa besh foiz ulush bilan Samsung Galaxy S20 5G joylashgan.

Yuqori beshtalikka shuningdek, Huawei P40 Pro 5G va Huawei Mate 30 5G smartfonlari kirgan. Ushbu smartfonlarning har biri bozorda besh foizdan ulushga ega. 

Strategy Analytics agentligi rahbari Ken Xayyersning qayd etishicha, yilning ikkinchi yarmida bozordagi holat o‘zgaradi.

«Apple Samsung va Huawei hukmronligiga yakun yasashini kutmoqdamiz», dedi u.

Samsung oktabr o‘rtalarida Samsung A42 5G smartfonini taqdim etdi. U o‘z yo‘nalishidagi eng arzon model hisoblanib, narxi 455 dollar turadi. 

Top