22:42 / 30.10.2020
2846
Gretsiyaning Samos orolida zilzila oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Sakkiz kishi jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Orolda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Foto: AFP

Egey dengizi sharqida yuz bergan zilzila natijasida Gretsiyaning Samos orolida ikki kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy OAVning ma'lumot berishicha, ikki o‘smir devor qulashi oqibatida halok bo‘lgan.

Yana 8 kishi jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, orolda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

30 oktabr kuni Turkiyaning Izmir shahridagi Bornova va Bayrakli tumanlarida zilzila natijasida 6ta uy vayron bo‘ldi. To‘rt kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

Top