10:53 / 30.10.2020
1086
Yanvar-sentabr oylarida naqd pul aylanmasi hajmi 248,5 trln so‘mni tashkil etdi – MB

Markaziy bank naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh e'lon qildi, unda 2020 yilning yanvar-sentabr oylari bo‘yicha ma'lumot keltirilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilda banklar orqali naqd pul aylanmalari dinamikasi mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy holatdan kelib chiqib, jumladan, pandemiya sharoitida joriy etilgan karantin davrida iqtisodiy faollikning pasayishi va karantindan so‘ng qayta jonlanishi ta'sirida shakllanmoqda.

2020 yilning yanvar-sentabr oylarida naqd pul aylanmasi hajmi 248,5 trln. so‘mni tashkil etgan holda 2019 yilning mos davriga nisbatan 27,3 foizga oshdi.

Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 122,3 trln. so‘mni, o‘z navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 126,2 trln. so‘mni tashkil etdi.

2020 yilning yanvar-sentabr oylarida bank kartalariga jami 123,9 trln. so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 43,4 trln. so‘mlik (35 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.

Top