21:59 / 31.10.2020
7280
AQSh Tog‘li Qorabog‘ga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish masalasi ustida ish olib bormoqda

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayyenning fikricha, "ko‘pmillatli tinchlikparvar kuchlar yoki kuzatuvchilar ishtirokisiz Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat'iy amal qilinishini tasavvur qilish qiyin".

Foto: REUTERS

AQSh Tog‘li Qorabog‘ga Skandinaviya mamlakatlarining tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayyen ma'lum qildi.

"Turkiyaning har qanday ko‘rinishdagi vositachiligi yoki tinchlikparvarligi AQSh hamda Armaniston uchun muvaffaqiyatsiz tashabbus hisoblanadi. Biz har ikki mamlakat skandinaviyalik tinchlikparvarlar joylashtirilishiga rozi bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Biz Skandinaviya mamlakatlari bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab turish uchun  mintaqada joylashtiriladigan tinchlikparvar kuchlarni shakllantirish masalasi ustida ishlamoqdamiz", - dedi O'Brayyen.

Uning fikricha, "ko‘pmillatli tinchlikparvar kuchlar yoki kuzatuvchilar ishtirokisiz Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qat'iy amal qilinishini tasavvur qilish qiyin".

YeXHT matbuot xizmatining xabar qilishicha, 30 oktabr kuni Minsk guruhining hamraislari Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari bilan alohida va birgalikda uchrashuvlar o‘tkazgan.

Mintaqadagi vaziyat 27 sentyabrda keskinlashdi, bahsli hududda to‘qnashuvlar boshlandi. Armaniston va Ozarboyjon o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida uch marta kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, janglar davom etmoqda.

Mavzu
Ozarboyjon-Armaniston mojarosi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Top